Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sardoba ishi» sabab mo‘may pul topishni ko‘zlagan shaxsga sud hukmi o‘qildi

«Sardoba ishi» sabab mo‘may pul topishni ko‘zlagan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlanib jazo o‘tayotgan M.P. go‘yoki Sardoba tumanidagi maktablarga evakuvatsiya qilingan fuqarolarga yordam berish uchun ko‘ngilli sifatida qo‘shilgan. 

U 2020-yil iyul oyida evakuatsiya qilingan aholini nooziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bahonasi bilan o‘zini Sardoba tumani Qizil yarim oy jamiyati birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirgan. So‘ng ushbu jamiyat nomidan soxta talabnoma to‘ldirib, mahsulotlar saqlanadigan omborga taqdim qilib, u yerdan 15 turdagi 15.154.000 so‘mlik mahsulotlarni olib, bir necha fuqarolarga sotib yuborgan.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida M.P. huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan ushlanib, JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.

Mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, ushbu shaxs yuqoridagi moddalar bilan aybdor deb topib, uch yarim yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring