Sanepidxizmat rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchradi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining rasmiy veb-sayti xakerlar hujumiga uchradi.
«Ayni paytda sayt faoliyatini qayta tiklash uchun texnik ishlar amalga oshirilmoqda hamda sayt xavfsizligini yanada mukammallashtirish choralari ko‘rilmoqda», deb xabar berdi Sanepidxizmat matbuot xizmati.
Xakerlik hujumlari tez-tez uchraydigan holat. Masalan, 2022 yilning 2 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchragani va ertasi kuni, ya’ni 3 noyabrda kiberhujumni uyushtirgan shaxs fosh qilingani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter