Samolyot qit’alararo parvozni xantal aralashgan kerosinda bosib o‘tdi
«Qantas» aviatashuvchisiga tegishli samolyot AQShdan Avstraliyaga qit’alararo parvozni qisman xantal aralashgan yoqilg‘i yordamida bosib o‘tdi, deb xabar berdi «Hi-News».
Parvoz uchun ishlatilgan yoqilg‘ining 90 foizini odatdagi aviatsiya kerosini, qolgan 10 foizini xantal urug‘laridan tayyorlangan va konserva hamda qandolat mahsulotlarini tayyorlashda ishlatiladigan xantal yog‘i tashkil etgan.
«Qantas» aviakompaniyasi vakillarining ma’lum qilishicha, kelajakda ular kerosin tarkibidagi xantal yog‘ining ulushini oshirish niyatida, 2020-yilga borib esa mutlaq bioyoqilg‘ida harakatlanadigan birinchi tijoriy reys yo‘lga qo‘yiladi.
«Bir gektar maydonga ekilgan o‘simlikdan 2 tonna yog‘ olish va undan o‘z navbatida 400 litr bioyoqilg‘i, 1400 litr qayta tiklanuvchi bioyoqilg‘i, shuningdek, yana 100 litr boshqa mahsulotlar olish mumkin», — deydi «Qantas» matbuot xizmati.
Aviakompaniyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, aralash yoqilg‘idan foydalanish atmosferaga chiqayotgan karbonat angidrid gazini uchdan bir qismga kamaytiradi. Shu sababli Avstaliya yuk tashuvchisi o‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun mahalliy fermerlar bilan hamkorlikni yo‘lda qo‘yadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter