Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandlik fuqaro yangi uy istagida 336 mln. so‘mga chuv tushdi. Natija esa...

Samarqandlik fuqaro yangi uy istagida 336 mln. so‘mga chuv tushdi. Natija esa...

Foto: Xabar.uz

Samarqandlik fuqaro X. Musayev tomonidan qilingan yozma murojaat Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hodimlari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish natijasida ma’lum bo‘lishicha fuqaro hamda ko‘p qavatli uy-joy qurilish ishlarini amalga oshiradigan «AZIMJON BARAKA QURILISH» MChJ korxonasi o‘rtasida 2019-yil 11- aprelda o‘zaro shartnoma imzolangan bo‘lib, Shartnomaga asosan «AZIMJON BARAKA QURILISH» MChJ tomonidan fuqaroga Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasida yangi qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar joydan jami 336 000 000 so‘mga 105 kv. metrdan iborat xonadon ajratilishi belgilangan.

Fuqaro tomonidan ushbu belgilangan summaning 100 foiz, ya’ni 336 000 000 so‘m mablag‘ naqd pulda to‘langan.

«AZIMJON BARAKA QURILISH» MChJ tomonidan noma’lum sabablarga ko‘ra mazkur ob’yektda qurilish ishlari to‘xtatilgan. Fuqaro qurilishning to‘xtatilish sababini so‘rab «AZIMJON BARAKA QURILISH» MChJ raxbari D.Rahmonovga bir necha marotaba murojaat qilgan bo‘lsada aniq sabab ko‘rsatilmagan va vaqt o‘tishi bilan tuzilgan shartnomaning tegishli bandlari buzilganligi va fuqaro X.Musayevga 3 yildan buyon uy ham berilmagan va uning pullari ham qaytarib berilmay sarson bo‘lib, yurgani aniqlandi.

X.Musayev ushbu muammo yechimini izlab, bir necha bor Sudga murojaat qilgan ammo Sud davo ariza uchun tegishli tartibda belgilangan davlat boji to‘lanishi lozimligini tushuntirgan holda qoldiraverilgan.

Fuqaroning murojaatidagi talabiga ko‘ra, u tomonidan «AZIMJON BARAKA QURILISH» MChJ ga to‘langan 336 000 000 so‘m mablag‘i, hamda fuqaroga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash maqsadida «AZIMJON BARAKA QURILISH» MChJ ustidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga da’vo ariza kiritildi.

Joriy yilning 5-dekabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi majlisi o‘z binosida bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra fuqaro X.Musayev foydasiga «AZIMJON BARAKA QURILISH» MChJ dan 336 000 000 so‘m mablag‘ o‘ndirish to‘g‘risida qaror chiqarishga erishildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring