Samarqandlik fuqaro uyidan yarim tonna tilla moddali ruda topildi
Payariq tumanida Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, fuqarolar E.A. va L.Z. uylarida oltin moddali rudalarni ishlab chiqarib kelishgan, 525 kg. ruda toshlar, kukunlar hamda 2 ta tegirmon uskunasi protsessual tartibda hujjatlashtirilgan.
Narpay tumanida yashovchi B.N. va Paxtachi tumanida yashovchi X.B. esa noqonuniy ravishda ohak ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan hamda ashyoviy dalillar (4 dona ohak pechi, D-18 mm. bo‘lgan jami 48 dona qo‘lbola «gorelkalar») xolislar ishtirokida hujjatlashtirilgan.
Mazkur shaxslar tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 440 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter