Samarqandda xotinidan kaltak yegan er militsiya chaqirdi
Narpay tumanida er xotini ustidan arz qilib 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qildi.
«Tumanimizning «Istiqlol» mahallasida yashovchi Baxtiyor Arziqulov 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qat’iy ohangda ichki ishlar xodimlarining himoya qilishlarini so‘radi. Axir, Nigora Tosheva eri Baxtiyor Aliqulovni yomon urib, tan jarohati yetkazibdi.
Nigora baquvvat xotin bo‘lsa kerakki, erkaklar undan himoyalanish uchun chetdan madad so‘rayapti», — «Paxtakor ovozi» gazetasidan iqtibos keltirdi «Zarnews.uz» sayti.
Nashrning yana bir xabarida boshqa bir erkak kelini ustidan shikoyat qilib 102 ga qo‘ng‘iroq qilibdi.
«Yonariq»lik Gulnoza Uzoqovaning erining uyida qilgan janjali qaynotasi o‘takasini yorgan shekilli, o‘g‘li qolib, o‘zi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, kelini dastidan «dod» dedi. Ishqilib, «zaif»gina erkak zoti qattiqroq shikast yemagan bo‘lsa bo‘ldi, deb yozadi B.Sodiqova – maqola muallifi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter