Samarqandda xavfli drift qilgan «uchar»lar ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda guruh-guruh bo‘lib harakatlanib qoidabuzarlik qilgan transport vositalari videosi tarqaldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 23 oktyabr kuni Jomboy tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda «Jiguli», «Neksiya» hamda «Spark» avtomobillari yo‘l qoidalarini buzib, keskin harakatlar qilishgan va boshqa avtomobillarga xalal berib harakatlangan.
Samarqand viloyati IIB YHXB inspektorlari tomonidan ushbu transport vositalari haydovchilari aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.
Qoidabuzar haydovchilar ham qilmishlaridan pushaymon ekanliklarini bildirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter