Samarqandda sigareta chekkan otaxonning uyi yonib ketdi
3-fevral kuni soat 18:41 larda Samarqand shahrida nafaqaxo‘r S.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida uyining tom qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida S.B. kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, yong‘in S.B. mast holda sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqani aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter