Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda mast haydovchi qochishga urindi — YHXX

Samarqandda mast haydovchi qochishga urindi — YHXX

Samarqandda mast holdagi haydovchi YPX xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan qochishga urindi.

Ijtimoiy tarmoqda ikki nafar YPX xodimi «Cobalt» rusumli avtomobil haydovchisini transport vositasidan tushirib, patrul avtomobilida olib ketganligi aks etgan video tarqaldi.

Voqea tafsilotlari ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 12-dekabr kuni Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida YPX xodimi tomonidan «Cobalt» rusumli, 30485TTH davlat raqam belgili avtomobil haydovchisiga to‘xtash haqidagi ishora ko‘rsatilganda haydovchi ishoraga rioya qilmasdan harakatda davom etgan.

Xodimlar patrul avtomobili bilan bo‘ysunmasdan harakatlangan haydovchining ortidan kuzatib borgan. «Qorasuv massivi»da haydovchini to‘xtatish choralari ko‘rilgan.

Mazkur jarayonda haydovchi tomonidan xodimlarga qarshilik ko‘rsatish holati atrofdagi fuqarolar tomonidan tasvirga olingan.

Alkotester moslamasi bilan tekshiruv o‘tkazilganda haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan O.R. mastlik holatidaligi aniqlangan. Haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, uning boshqaruvida bo‘lgan transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring