Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda haydovchilardan «o‘lpon» yig‘ib kelgan shaxslar aniqlandi

Samarqandda haydovchilardan «o‘lpon» yig‘ib kelgan shaxslar aniqlandi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumaninda haydovchilardan «o‘lpon» talab qilganlar qo‘lga olindi.

Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, Pastdarg‘om tumani Qator terak mahallasida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan X.Sh. va Juma shahri Sazag‘an mahallasida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan J.Sh. lar spirtli ichimlik ta’sirida, mast holatda, jamoat joyi hisoblangan «Juma avto bosh bekati»da, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Beklar mahallasida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan Samarqand-Juma yo‘nalishida kirakashlik qiluvchi J.B. bilan, ularga yo‘nalishga chiqishi uchun pul to‘lamaganligini vaj qilib, janjal qilmoqchi bo‘lishgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, janjalni tashkil qilmoqchi bo‘lgan shaxslar shu bekatda kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi haydovchilardan «o‘lpon» talab qilgani aniqlangan.

Shundan so‘ng, tadbir tashkil qilinib, janjal bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyga maxsus guruh bilan chiqilib, holatga aloqador barcha shaxslar qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan 10 (o‘n) sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Hozirda avtoturargohlarni noqonuniy ravishda egallab olib, haydovchilardan pul talab qilib kelayotgan guruhlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlar davom ettirilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring