Samarqandda haydovchi janjaldan so‘ng fojiali tarzda halok bo‘ldi
Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi ikkita avtobus haydovchisi bekatda o‘zaro janjallashib qolishadi va avtobuslardan biri harakatlanganda, boshqa bir haydovchi uning eshigiga osiladi.
Tezlikni oshirgan avtobusga osilib qolgan haydovchi qulab tushib, g‘ildirak ostida qoladi va voqea joyida halok bo‘ladi.
Hodisa 2022 yilning 12 oktyabr kuni ertalab soat 08:10lar atrofida sodir bo‘ladi.
Ikkinchi haydovchi hamkasbiga yordam ko‘rsatmasdan, transport vositasi bilan voqea joyidan qochib ketadi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter