Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand shahrida bank rahbari qo‘lga olindi

Samarqand shahrida bank rahbari qo‘lga olindi

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, «Mikrokreditbank» Samarqand filiali rahbari, 1982-y.t. B.H., Samarqand shahridagi MChJga 2 milliard so‘m kredit ajratib berish evaziga tadbirkordan 10.000 AQSh dollari miqdorida pora talab qilib, oldindan 4.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan.

Tadbir davomida bank rahbari qolgan 6.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda, mansabdorga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring