Samarqandda ayol birdaniga to‘rt chaqaloqni dunyoga keltirdi
Samarqand viloyati perinatal markaziga 29-oktyabr kuni Samarqand tumani Xo‘ja Ahror Vali mahallasida yashovchi homilador M.Tohirovani olib kelishgan.
Tekshiruvlar natijasida homilador ayol to‘rt egizak kutayotgani aniqlangan. Shifokorlar tug‘ruqni jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirishga qaror qilishgan, deya yozadi O‘zA.
– 2-noyabr kuni amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotida ikki o‘g‘il va ikki qiz egizak tug‘dirib olindi, – deydi Samarqand viloyati perinatal markazi direktori Lola Hamroyeva. – Hozirda ona va bolalarning umumiy holati qoniqarli. Chaqaloqlar markazning chaqaloqlar bo‘limida nazoratda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter