Samarqanddagi 9 qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi (foto)

Joriy yilning 8-iyundan 9-iyunga o‘tar kechasi, taxminan soat 00.45 larda Samarqand shahrida 9 qavatli uyning 1-chi qavatida portlash sodir bo‘ldi, jarohat olganlar yo‘q, deb xabar bermoqda «Zarnews.uz»
Nashrning yozishicha, ushbu ko‘p qavatli uy shahardagi 24-sonli o‘rta maktabning yaqinida joylashgan bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan «Titanik» deb ataladi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda xonadonda hech kim bo‘lmagan. Hozirgi vaqtda uy egasi oilasi bilan chet elda. Vaqti-vaqti bilan opasi kelib uydan xabar olib turgan.

Xabar berilishicha, yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan yong‘in tezda bartaraf etilgan.
Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter