Sahroi Kabirda ikkinchi marta qor yog‘di (video)
Sahroi Kabirga ikkinchi marta qor yog‘di. Ma’lumotlarga ko‘ra, qor yog‘ishi Jazoirning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Ayn-Sefra shahrida kuzatilgan. Bundan avval 2018-yil 7-yanvarda aynan shu hududga qor yog‘gan edi.
Qor shahar yaqinidagi barcha qum tepaliklarini qoplagan. Mahalliy aholi esa esdalik uchun ularni foto va videolarga olishdi.
Yoz mavsumida Ayn-Sefra shahrida havo harorati 37 darajada issiq bo‘ladi, qishda esa u nol darajagacha o‘zgarishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter