Armaniston - Ozarbayjon chegarasida rus vertolyoti urib tushirildi. Ozarbayjon buni «tasodif» deb atadi
Armanistonning Ozarbayjon bilan chegarasida joylashgan Yerasx qishlog‘i yaqinida Rossiya vertolyoti urib tushirildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bergan.
Shu bilan birga, Rossiya harbiy departamenti aniqlik kiritishicha, Mi-24 vertolyoti portativ zenit-raketa tizimidan (MANPADS) Toshkent vaqti bilan soat 19:30 atrofida urib tushirilgan.
Ekipajning ikki a’zosi halok bo‘lgan, bir kishi tirik qolgan.
Voqea bo‘yicha Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. Unga ko‘ra, rus vertolyoti tasodifan urib tushirilgan.
«Ozarbayjon tomoni tasodifiy xarakterdagi ushbu fojia sabab Rossiyadan uzr so‘raydi va bu harakat rus tomoniga qarshi qaratilmagandi»-, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yil 24 noyabrda Rossiya samolyoti bilan bog‘liq shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgandi. O‘shanda Su-24 samolyoti Suriya-Turkiya chegarasida turk qurolli kuchlari tomonidan urib tushirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter