Rossiyadan dron olib kelayotgan shaxs Samarqand aeroportida qo‘lga tushdi
Mamlakatimizga uchuvchisiz uchish qurilmalarini qurilmalarni faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda ayrim tashkilotlar tomonidan olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berilgan.
Bojxona matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan bu turdagi qurilmalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda. Ana shunday holat Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi «Samarqand aeroporti» chegara bojxona postida aniqlandi.
Qayd etishilishicha, «Domodedovo-Samarqand» yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro B.Sh. bojxona nazoratidan «yashil» yo‘lak orqali o‘tayotganida uning bezovtalanishi bojxona xodimlari e’tiborini tortgan.
O‘tkazilgan tekshiruv davomida, unga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari orasida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan, 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi yashirilganligi fosh bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter