Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada ommaviy janjalda 85 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Rossiyada ommaviy janjalda 85 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Illyustrativ foto

Moskvada mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan ommaviy mushtlashuv yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi Elchixona bilan birgalikda o‘rganish ishlarini boshlagan.

Dastlabki o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, 2022 yilning 1 aprel kuni korxonada ishlovchi ikki xodim o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida mushtlashuv yuz bergan va keyinchalik mushtlashuvga ikki tomondan ham ishchilar aralashib ketgan.

Ish beruvchi vakillari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda 41 nafar tojikistonlik va 85 nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari hibsga olingan. Ularning 20 nafariga nisbatan deportatsiya qilish chorasi qo‘llanishi kutilmoqda.

«Shu bilan birga, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi Elchixona bilan birgalikda vakolatli tashkilotlar orqali mazkur masalani ijobiy hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Shu o‘rinda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan ushbu davlat qonunlariga rioya qilishni, nizoli vaziyatlarga aralashmaslikni, muammoli yoki nizoli vaziyatlarda vakolatli organlar hamda mamlakatimizning ushbu davlatdagi diplomatik idoralariga murojaat qilishni so‘raydi», deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring