Rossiyada og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik oilasi bilan ortga qaytarildi
O‘zbekistonlik S.N. Rossiyaga joriy yil 7-yanvar kuni oilasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun keladi.
Ammo 20-iyun kuni salomatligi yomonlashadi va shifoxonaga yotqiziladi.
Shundan so‘ng S.N. ishga layoqatsiz bo‘lib qolganligi sababli Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligiga Vatanga qaytishda yordam so‘rab murojaat qiladi.
Fuqaroga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachipta olib berildi va Sankt-Peterburg-Samarqand yo‘nalishidagi aviareys bilan vatanga qaytarildi, deyiladi agentlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter