«Ustasi farang». Rishtonlik fuqaro ikki ayolning nomiga kredit olib chuv tushirdi
2020-yilning 21-noyabr kuni rishtonlik fuqaro H.J. M.D. ismli ayolning ishonchiga kirib, aldab, uning nomiga A.Temur ko‘chasida joylashgan kredit do‘konidan jami narxi 6.860.000 so‘mlik bir dona «Asus» rusumli noutbukni olgan. Ammo to‘lovlarni qilmasdan sotib, pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Bundan tashqari, 8-dekabr kuni H.J. takroran, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan, U.Sh. ismli ayolning nomiga Roshidoniy ko‘chasida joylashgan kredit do‘konidan jami narxi 5.835.000 so‘mlik bir dona konditsioner olib, to‘lovlarni qilmasdan sotib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter