Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyichirchiqda yana bir fohishaxona aniqlandi

Quyichirchiqda yana bir fohishaxona aniqlandi

Foto: «Sof.uz»

Qing‘ir ishning qiyig‘i chiqishi tayin. Halol luqma yeb oilani boqishga nima yetsin. Qolaversa, mahalla-ko‘y bor. Xohlaganni qilaman, birov bilib, birov bilmay qoladi, bilganlar ham indolmaydi, oila boqishim kerak-ku axir, degan olg‘irlar adashadi. Qonunning hamma yerda ko‘zi bor.

24-yanvar kuni soat 18:00 larda Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 1977-yilda tug‘ilgan, oilali erkak A.S. uyida fohishaxona saqlagani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, u oilali, 1978-yilda tug‘ilgan A.A. hamda 1996-yilda tug‘ilgan, oilasidan ajrashgan ayol N.T.ga 30 000 so‘m evaziga ko‘ngilxushlik qilishlari uchun sharoit yaratib bergani uchun ushlandi.

Unga nisbatan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi, 1-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring