Bekoboddagi yong‘inda bir kishining hayoti saqlab qolindi
Bugun yarim tunda Toshkent viloyati Bekobod shahar FV bo‘limiga xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, Bekobod shahar FV bo‘limidan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va 00:46 da to‘liq bartaraf etilgan. Ofat natijasida xonadon oshxonasining 15 kv.m maydoni va oshxona jihozlari yonib, zararlangan.
Hodisa jarayonida uy egasi, fuqaro A.V. xonadonning tutun bilan qoplangan xonasida qolib ketganligi aniqlangan. Tezkor harakatlar natijasida fuqaro hayoti saqlab qolindi va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirildi. Fuqaro A.V. sog‘lig‘iga xech qanday zarar yetmaganligi, o‘zini yaxshi his qilganligi sababli uyiga jo‘natilgan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va zarar miqdori o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter