Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qutb «qalpoq»lari kichrayib bormoqda

Qutb «qalpoq»lari kichrayib bormoqda

2018-yilning qishi Arktika va Antarktida uchun biroz iliqroq keldi.

Foto: «Xabar.uz»

Yer sharining ikki qarama-qarshi qutbiga yaqin dengizlardagi muzliklar so‘nggi 12 ming yildagi eng kichik o‘lchamlarigacha qisqardi. Olimlarning aytishicha, ushbu holat sayyoramizdagi mo‘’tadil iqlimning intihosini bildirishi mumkin. Bu haqida «Euronews» xabar bermoqda.

Muz halqasi kun emas, soat sayin qisqarib bormoqda. Mazkur o‘zgarish sayyoramizdagi odatiy iqlimni butkul o‘zgartirib yubormoqda. Yevropadagi kuchli sovuq va O‘rta dengiz bo‘yidagi bir qator mamlakatlarda qor yoqqaniga qaramasdan, 2018-yilning qishi Arktika va Antarktida uchun biroz iliqroq keldi. Sayyoramizning aholi yashaydigan eng shimoliy hududi bo‘lmish Shpitsbergenda ham joriy yil yanvar oyida o‘rtacha harorat odatdagidan 6 daraja yuqori bo‘lgan.

Bugungi kunda yer yuzida dengiz va okeanlarning 16 million kvadrat kilometr hududi muz bilan qoplangan bo‘lsa, chorak asr muqaddam bu ko‘rsatkich taxminan 18,5 million kvadrat kilometrga teng edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring