Qur’oni Karim oyatlari spirtli ichimliklar qatoriga qo‘yilgani keskin qarshi olindi
Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent viloyati XUMSONda joylashgan do‘kondagi holat» sarlavhasi bilan surat tarqaldi va ko‘plab muhokamalarga, keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda spirtli ichimliklar bilan bir qatorga qo‘yilgan portretlar olib tashlangan va hududiy profilaktika inspektori do‘kon mas’ullari bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter