Qur’on musobaqasida qatnashgan qori mudhish YTHda halok bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek, 21-26-aprel kunlari Olmazor tumanidagi Yoshlar ittifoqining madaniyat saroyida «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning respublika bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Bugun, 28-aprel kuni «Facebook»dagi xorazmliklar guruhida noxush xabar tarqaldi. Unga ko‘ra, musobaqada qatnashgan xorazmlik qori yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan.
«Xabar.uz» mazkur masalaga oydinlik kiritdi. 1991-yilda tug‘ilgan bog‘otlik Shamsiddin G‘ofurov Toshkentdan uyga qaytayotganda mudhish YTHga uchragan. Manbamizning xabariga ko‘ra, avtomobilda bo‘lgan barcha odamlar halok bo‘lgan. Qurbonlarning soni hozircha aniq emas.
Tahririyatimiz marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter