Qurilishi tugallanmagan binoni tunab ketgan shaxs ushlandi
Buxoro shahridagi qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uylardan biridan 45 million so‘mlik qurilish mollarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas’uli ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, noma’lum shaxs Romitan tumanilik tadbirkor tomonidan Buxoro shahri hududida tiklanayotgan qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyning xonalaridan biriga tekin daromad orttirish maqsadida g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. U 7 dona eshik romlari, 8 ta o‘ramda kafel va 6 dona isitish qozonlarini o‘g‘irlab ketib, hodisa joyidan yashiringan.
«Buxoro shahar ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga tadbirkor qo‘ng‘iroq orqali murojaat bilan chiqqach, zudlik bilan hodisa joyiga yetib kelindi. Olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyat Peshko‘ tumanida yashovchi 34 yoshli N.S. ismli shaxs sodir qilingani aniqlandi»,— deydi Buxoro shahar IIB xodimi.
Holat o‘rganilganda, qo‘lga olingan shaxs umumiy bahosi 45 million so‘mga teng bo‘lgan qurilish ashyolarini sotishga ulgurmagan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter