Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi

Bugun, 20 may kuni «Do‘ssor-Ko‘lsari-Beyneu» avtomobil yo‘lining 133-kilometrida Toyota Ipsum avtomobili va «KamAZ» to‘qnashib ketdi.

Natijada Toyota yonib ketgan, haydovchi va 3 yo‘lovchi halok bo‘lgan. Ikki yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

— Hozirda jabrlanganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda. Hozircha ular O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum. Yil boshidan buyon Toyota rusumli avtomashina haydovchisiga nisbatan 10 ta bayonnoma tuzilgan. Tezlikni oshirganlik uchun 8 ta, xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun ikkita bayonnoma belgilangan, – deydi Atirau viloyati Politsiya departamenti qoshidagi patrul politsiyasi rotasi komandiri Adilbek Shaxmetov.

Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring