Qo‘yliqda avtobus yondi. Jarohat olganlar yo‘q, sabablar o‘rganilmoqda
Toshkent shahrining Mirobod tumanida shu yil 28-sentyabr kuni Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi «Qo‘yliq ota» bekati oldida F.K. boshqaruvidagi 45-sonli «Boshliq dahasi – Qo‘yliq 2-daha» yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi «Mersedes-bens» rusumli avtobusining motor qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in avtobusning yoqilg‘i tizimining nosozligi oqibatida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Jarohat olganlar yo‘q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter