Qoraqalpog‘istonda 440 bosh qo‘y-qo‘zi noma’lum sababga ko‘ra yonib ketdi
Ellikqal’a tumani «Ellikqal’a» ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ahmad Niyazimbetovga tegishli qo‘ra 440 bosh qo‘y-qo‘zisi va echki-ulog‘i bilan noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi ma’lum qildi.
Holat yuzasidan Ellikqal’a tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter