Qoraqalpog‘iston markazidagi portlash yuzasidan jinoiy ish ochildi
![Qoraqalpog‘iston markazidagi portlash yuzasidan jinoiy ish ochildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/720_460_95_144708619.jpg)
Nukusda joylashgan ko‘pqavatli uy portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda aybdor shaxslar doirasini aniqlash, ularni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi hal etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 29-yanvardan 30-yanvarga o‘tar kechasi Nukusdagi uylardan birida kuchli portlash yuz berdi. Jumladan, hodisa joyida FVV qutqaruvchilari tomonidan turli darajadagi jarohatlar bilan vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qizaloq chiqarib olinib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter