Qo‘qondagi xonadonda yuz bergan portlash sababi ma’lum qilindi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xonadonda baxtsiz hodisa oqibatida to‘rt kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa sababini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 19 dekabr kuni soat 05:45 da Qo‘qon shahar, Barhayot ko‘chasidagi uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Uyning 1-qavatiga o‘rnatilgan, rezina shlang bilan ulangan, qo‘l bola uslubda yasalgan isitish pechidan gaz sizib chiqqan.
Xonadon egalaridan biri tabiiy gaz hidini sezmay, ertalab soat 05:45 da xona chirog‘ini yoqishi oqibatida havo-gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Oqibatda xonadonda bo‘lgan 4 kishi turli xil darajadagi kuyish tan jarohatini olgan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli soha xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter