Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda baxtsiz hodisa yuz berdi

Qo‘qonda baxtsiz hodisa yuz berdi

Joriy yilning 19 dekabr kuni soat 04:50da Qo‘qon shahar «Vaqf Chorsu» mahallasi Barhayot ko‘chasi 20-uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi.

Buning oqibatida mazkur xonadonda istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib, Respublika shoshilinchi tez yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali Qo‘qon shahar subfilialiga yotqizilgan.

Shuningdek, mazkur gaz-havo aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatni sababini tekshirish yuzasidan viloyat hokimi qarori bilan komissiya tarkibi tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan bir oy ichida Sergelidagi ishchilar yotoqxonasida, Surxondaryo viloyati hokimligi Denov tumanidagi «Indenim» savdo majmuasida, Namangan tumanidagi uyda kuchli gaz portlashlari yuz berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring