Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizning ishonchiga kirib, so‘ng «shantaj» uyushtirgan yigit qo‘lga olindi

Qizning ishonchiga kirib, so‘ng «shantaj» uyushtirgan yigit qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, so‘ng unga «shantaj» uyushtirgan yangiyo‘llik yigit qo‘lga olindi.

IIV Kiberxavfsizlik markazi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, arizasida telegram messenjeridagi «Toshkentliklar» guruhida bir shaxs bilan tanishib, unga profiliga ikkinchi foydalanuvchi bo‘lib kirishga ruxsat berganligi hamda noma’lum shaxs undagi ma’lumot va ota-onasi telefon raqamlarini qo‘lga kiritganligini, so‘ngra u bilan muloqot qilayotganligini ota-onasiga aytib berishini ro‘kach qilib M.A.dan behayo  foto va videotasvirlarini jo‘natishni talab qilganligini bildirgan.

So‘ragan foto va videotasvirlarini qo‘lga kiritgan shaxs ularni qizning yaqin qarindoshlariga tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 500 AQSh dollari talab qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noma’lum shaxs Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 2-guruh nogironligi bor shaxs, 1999-yilda tug‘ilgan U.D. ekanligi aniqlangan.

Hozirda U.D.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring