Qirg‘izistonni O‘zbekiston bilan bog‘laydigan uchinchi maxfiy tunnel fosh bo‘ldi
Qirg‘izistonni O‘zbekiston bilan bog‘laydigan yana bir yer osti tunneli topildi.
Bu haqda OAV Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasiga asoslanib xabar berdi.
Qora-Suv shahrida topilgan tunnel uzunligi 170 metr, chuqurligi 13 metrni tashkil qiladi. Yerosti yo‘lini uy egasi qirg‘izistonlik bo‘lgan turar-joy binolaridan birida topishgan.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, u sherigi bilan bir vaqtda bir-biriga qarab tunnel qazishgan.
«Tunnel Qirg‘izistondan qo‘shni davlatga iste’mol tovarlari va xorijiy valyutani noqonuniy olib o‘tish maqsadida qazilgan», — deyiladi davlat qo‘mitasi xabarida.
Bu Qora-Suv hududida topilgan uchinchi tunneldir. Bir necha kun avval aynan shu hududda ikkinchi tunnel haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter