Qirg‘izistondan qoramol olib kelish uchun chiqib ketgan asakalik fuqaro izsiz yo‘qoldi
Asaka tuman prokuraturasi 7-iyun kuni Milliy gvardiya xodimlari bilan o‘tkazayotgan kompleks tadbirlar davomida Kamolot mahallasida yashovchi U.Mirzakarimovadan murojaat tushgan.
Unda aytilishicha, ayolning turmush o‘rtog‘i S.Tojiboyev 4-iyun kuni Farg‘onadagi Bedil chegara posti orqali Qirg‘izistondan qoramol olib kelish uchun chiqib ketgan turmush o‘rtog‘i S.Tojiboyevdan shu kungacha darak bo‘lmagan.
Murojaat yuzasidan olib borilgan tergovoldi surishtiruv harakatlari natijasiga ko‘ra tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter