Qirg‘iziston va Tojikiston hududida to‘rtta zilzila qayd etildi

Bugun tongda Qirg‘iziston va Tojikiston hududida magnitudasi 4 balldan yuqori zilzilalar sodir bo‘ldi.
Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berishicha, Qirg‘izistonda Toshkent vaqti bilan 02:42 da sodir bo‘lgan zilzila magnitudasi 4,4 ballni tashkil etgan. Ikkinchi zilzila esa 04:58 da qayd etilgan bo‘lib, 4,3 ball bo‘lgan.
Tojikistonda esa Toshkent vaqti bilan 07:41da 3,6 balli, soat 08:01 da esa 4 balli yer silkinishi qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter