Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi shaxsni qo‘lga olishda IIO xodimlari qarshilikka uchrashdi

Qidiruvdagi shaxsni qo‘lga olishda IIO xodimlari qarshilikka uchrashdi

Foto: IIV

Farg‘ona viloyatida ilgari og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlangan, hozirda o‘zgalarga nisbatan firibgarlik jinoyatini sodir etishda gumonlanib, Ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1980 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Mirzaaxmedov Mexriddin Muxammadovich qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 27 mart kuni Farg‘ona viloyati IIBga fuqaro N.I. ariza bilan murojaat qilib, unga shu yil 1 yanvar kuni Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro Mirzaaxmedov Mexriddin (fotosuratdagi shaxs) d/r 01U145 PB bo‘lgan «Malibu-2» rusumli avtomashinasini 6 000 AQSh dollariga sotib, oradan qisqa vaqt o‘tib mashinani qayta olib qo‘yganligini, pullarini esa qaytarmayotganligini aytib, zo‘ravonlik bilan moddiy zarar yetkazgan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi M.M. tergov organlaridan yashiringanligi uchun «Qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilib, o‘rnatilgan tartibda qidiruv e’lon qilingan.

Joriy yilning 26 aprel kuni soat 14-00 larda, qidiruvdagi shaxs M.M. o‘z yashash xonadonida ekanligi haqida tezkor ma’lumot olinib, Farg‘ona viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati tomonidan Ichki ishlar organlarining maxsus xizmatlari jalb etilgan holda qo‘lga olingan.

Qo‘lga olish jarayonida ayblanuvchi va uning yaqin qarindoshlari Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatishganligi sababli, ular qonunda belgilangan tartibda maxsus texnika vositalarini qo‘llash orqali zararsizlantirilgan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda, deyiladi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

Hozirda ushbu shaxs Farg‘ona viloyatida firibgarlik, tovlamachilik va boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. Fotosuratdagi shaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan 102 raqamiga yoki eng yaqin IIOlariga xabar berishlari so‘ralgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring