Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda bir xonadonning to‘rt a’zosi va yollanma ishchi o‘ldirib ketildi

Qibrayda bir xonadonning to‘rt a’zosi va yollanma ishchi o‘ldirib ketildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Xumo ko‘chasidagi xonadonlardan birida bir oilaning to‘rt a’zosi va ushbu xonadonda yollanma ishchi bo‘lib ishlagan fuqaro vahshiylarcha o‘ldirib ketilgan.

Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, A.Ye., M.A., M.Ye., A.Ye. (xonadon egasi, uning ikki nafar qizi hamda o‘g‘li - tahr.) va ularning xonadonida yollanma ishchi bo‘lib ishlagan K.Q.larning vafot etganligi holati yuzasidan Sh.I.ga nisbatan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Bugun Toshkent shahar IIBB o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs qidirilayotgani haqida xabar berilgandi. Ushbu qidiruvdagi shaxs yuqoridagi dahshatli qotillikka aloqador bo‘lib chiqdi.

Ma’lum vaqt o‘tib, jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga e’lon qilingan shaxs qo‘lga olingani xabar qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring