Qibrayda ayanchli hodisa yuz berdi
19 iyun kuni kechqurun «Toshkent-Qibray-May» avtomobil yo‘lining Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan o‘tuvchi qismida «VAZ-2106» rusumli avtomashina uch nafar bolani urib yubordi. Bu haqda IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 32 yoshli S.J. mast holda avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘lning chap tomonida ketayotgan bolalarni urib yuborgan.
Natijada 14 yoshli o‘smir vafot etgan, yana ikki nafari turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter