Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda yosh qiz ayovsiz kaltaklanishi ortidan bir kishi ushlandi

Qashqadaryoda yosh qiz ayovsiz kaltaklanishi ortidan bir kishi ushlandi

Qashqadaryoning Koson tumanida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Hozirda bir nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizning o‘z ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangani aks etgan videolavha tarqalgandi. Qashqadaryo viloyati IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea joriy yilning 16 aprel kuni taxminan soat 11:30 larda Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Qorabayir» mahallasida istiqomat qiluvchi oilalarning birida yuz bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring