Qashqadaryoda xorij yuk mashinasi inson o‘limiga sabab bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 13-oktyabr kuni yuk mashinasi mototsikl bilan to‘qnashdi.
Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, voqea tuman hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1257-kilometrida sodir bo‘lgan.
Unda «Mercedes-Benz» rusumli yuk mashinasi boshqa mashinani quvib o‘tayotgan vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishdagi mototsikl bilan to‘qnashgan. Voqeaga Tojikiston davlat raqamiga ega yuk mashinasi haydovchisining quvib o‘tish qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida mototsiklchi tuman markaziy shifoxonasida vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter