Qashqadaryoda sobiq sportchining oyog‘i va qovurg‘asi sindirilgani aytilmoqda
2021 yilning 25 sentyabr kuni soat tungi 23:00 larda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 4-5 kishi tomonidan 26 yoshli S.M. kaltaklangan. Janjal oqibatida jabrlanuvchining oyog‘i va ikki qovurg‘asi singan.
«Xabar.uz»ga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, tergov jarayoniga hujum qilganlarning faqat bir nafari jalb qilingan, qolganlari esa javobgarlikdan qutilib qolishi ehtimoli yuqori. Holatga IIB va prokuratura sovuqqonlik bilan qarayotgani aytilmoqda.
Kuzatuv kameralariga hujum qilganlarning uch nafari tushib qolgani ham ta’kidlanadi. Jabrlanuvchi Koson tumani IIB tergovchilariga ularning kimligini aytsa-da, bunga e’tibor qaratilmayotgani qayd etiladi.
Ma’lum qilinishicha, bu shaxslar 4-5 oy avval ham jabrlanuvchini kaltaklashgan. Ammo bu haqda hech qayerga shikoyat qilinmagan. Tomonlarning yaqinlari yarashuv taklif etishgan. Biroq to‘yda ular o‘rtasida yana janjal yuzaga kelgan, sinfdoshlar o‘rtaga tushib ajratishgan. Keyin ular jabrlanuvchini poylab yurib, ishdan qaytayotganida yashash uyiga 100 metr qolganida tutib olishib, urib shu holga keltirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter