Qashqadaryoda rahbar 400 ming dollarga olingan zotli mollarni sotib yubordi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tuman bo‘limi tomonidan «Mikrokreditbank» ATB Koson filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «R.Z.» MChJ rahbari B.R. bank filialidan ajratilgan 400 000 AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari evaziga xorijdan olib kelingan 201 bosh naslli chorva mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Sh.C.» MChJ mas’ul shaxslari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga sotib olingan 16 ta inkubator va yuk tarozi jihozlarining 6 tasini fuqaro X.N.ga 112 000 AQSh dollariga sotib yuborganliklari aniqlangan.
Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «S.M.» MChJ rahbari M.E. va boshqalar tikuvchilik faoliyatini tashkil etish uchun bank filialidan ajratilgan 2 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini o‘zi norasmiy boshqarib kelgan «D.E.» MChJga o‘tkazilishiga erishib, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter