Qashqadaryoda haydovchi YPX xodimi bilan janjallashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida haydovchi va YPX xodimi janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB Axborot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 aprel kuni soat taxminan 17:40 larda fuqaro Q.M. boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» rusumli transport vositasini o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yib, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda M-39 avtomobil yo‘lining «Kitob-Shahrisabz» yo‘nalishida boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro J.J. boshqaruvida bo‘lgan «Hamkor» rusumli mototsikl bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Shu vaqtda o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan Shahrisabz shahar IIB JXX YHXB katta inspektori yo‘l-transport hodisasini protsessual rasmiylashtirish maqsadida haydovchini to‘xtatib, Q.M.ning spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlash uchun «alkotester» tekshiruvidan o‘tkazmoqchi bo‘lganida haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, YPX inspektorining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan Q.M.ga nisbatan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi protsessual tartibda ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter