Qarshida 50 nafarga yaqin bola zaharlangani xabari tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi bog‘chada 50 nafarga yaqin bolada ovqatdan zaharlanish kuzatilganligi xususida xabarlar tarqaldi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi bu xabarlarni rad etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i S.Radjabov 20b/536 sonli xatida bildirishicha, joriy yilning 17 sentyabr kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 7-bo‘limiga Qarshi shahar «Qo‘rg‘oncha» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Qarshi shahridagi 32-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi X.Sh. o‘tkir diariya tashhisi bilan yotqizilgan.
Epidemiologik surishtirish davomida bemorda ich ketish, ko‘ngil aynish, holsizlik, isitma ko‘tarilishi kuzatilgan. Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi, davo muolajalari olib borilmoqda.
Shuningdek, xatda SEO va JSX Qarshi shahar bo‘limi bo‘limga mazkur tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasida ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha tezkor xabarnoma kelib tushmaganligini bildirgan.
Avvalroq, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi bog‘chada 41 nafar bola zaharlangani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter