«Qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilayotganda xodimlar mazax qilib videoga olgan» — huquq faoli
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Shayxali qo‘rg‘onchasida joylashgan qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
«Qarshi yaqinidagi Shayxali posyolkasi 35-sonli manzil koloniyada 19 yashar mahkum J. D. o‘z joniga qasd qilibdi. Hayratlanarlisi, uning lezviya bilan tomirlarini ochayotganini qamoqxona xodimlari shaxsiy telefoniga videoga olib turgan. Ustidan kulib, izza qilishgan.
So‘ng yigitni izolyatorga qamashibdi, zonaga qaytarishmoqchi ekan. Bu hodisadan Qashqadaryo maxsus prokurorining g‘azabi qo‘zg‘ab, xodimlarga ish qo‘zg‘atgan. Tergov harakatlari boshlandi, Ombudsmanning mahalliy vakillari ham keldi, dedi voqea guvohlaridan biri.
Militsiyaning bunday harakatlariga quloqlar ham o‘rganib qoldi», – deb yozmoqda Abdurahmon Tashanov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter