«Qamchiq»dagi hodisa yo‘lning 1 soat yopilishiga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qamchiq» dovonida yuk avtomobili yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. «Qamchiqavtoyo‘l» IYFUK holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, soat taxminan 07:00 larda «O‘sh» avtomobil yo‘lining 222 km.da «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida qatnovchi yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan. Shu sababli soat 07:55 da ushbu yo‘nalishda avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Soat 08:44 da yo‘nalish avtotransportlar harakati uchun ochilgan.
Yuk mashinasidagi yong‘in o‘chirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter