«Qamchiq»da yuz bergan selda ikki yosh ayol halok bo‘ldi
8-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Qamchiq» dovonida Namanganlik 27 yoshli ikki nafar ayolning jasadi topildi» nomli xabar tarqalgan. Viloyat FVB bunga munosabat bildirdi.
Joriy yilning 7-iyul kuni «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishi 245 kmda 2 nafar 27 yoshli ayol fuqarolar tog‘ balandlikdagi yirik shoxli mollarini sog‘ib olish uchun ketayotgan bo‘lgan.
Shu vaqtda soat 19:20 dan 19:27 gacha kuchli jala yomg‘ir yog‘ishi natijasida, sel toshqin suvlari uchun maxsus 1200 diametrli temir quvur ichida yomg‘irdan qochib o‘tirgan vaqtda 40-50m3 sel kelib, quvur ichidan «Rezaksoy»ning 400 metr oqimi bo‘ylab olib ketgan, deyiladi xabarda.
Soyni sel massasidan tozalash jarayonida, 2 nafar ayol fuqarolarning jasadi topilgan.
Hozirda IIB Tezkor-tergov guruhi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter