«Qamchiq»da uch kishi qutqarildi

Joriy yilning 25 may kuni soat taxminan 08:25larda «Qamchiq» maxsus yong‘in qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 268 km.da «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan «HOWO» rusumli yuk mashinasining yo‘l chetida to‘xtab turgan «Damas» rusumli avtomashina orqa qismidan kelib, to‘qnashuv sodir etganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
To‘qnashuv tufayli «Damas» avtomashinasi o‘zidan oldinda to‘xtab turgan «MAN» rusumli yuk mashinasiga urilgan.

Oqibatda «Damas» avtomashinasining haydovchisi Yu.N hamda ushbu avtoulovdagi yana ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan.
YTHda jabrlangan fuqarolarni o‘z vaqtida qutqarib qolish uchun boshqarma tezkor navbatchi guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi va qutqaruvchilar tomonidan ularga birinchi hamda psixologik yordamlar ko‘rsatilib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yetkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter