«Qamchiq»da qirg‘iz yuk mashinasi ag‘darildi, qurbon bor
Kecha, 15 aprel kuni Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali – O‘sh avtomobil’ yo‘lida, Toshkent–Vodiy yo‘nalishida harakatlangan, Qirg‘izistonga qarashli ChAKMAN yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilib, qarama-qarshi yo‘nalishga ag‘darilib tushgan.
Yo‘lning harakat qismi to‘sib qo‘yilgani sababli kecha soat 17:22 da «Qamchiq» maxsus qidiruv yong‘in qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib borishgan.
Avtomashina sisternasida propan suyultirilgan gaz bo‘lgan, haydovchi Qirg‘iziston fuqarosi voqea joyida vafot etgan.
Qutqaruvchilar tomonidan maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlari to‘liq bartaraf etilib, yo‘l-patrul xizmati xodimlari avtomobillarning havfsiz harakati ta’minlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter